Imtihonlar.uz Onlayn test topshirish

Iqtidorli talabalar uchun “Milliy statistika qoʻmitasi stipendiyasi” tanlovi eʼlon qilindi

Bugun, 19:30
Iqtidorli talabalar uchun “Milliy statistika qoʻmitasi stipendiyasi” tanlovi eʼlon qilindi

Iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni ragʻbatlantirish hamda Milliy statistika qoʻmitasi uchun istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida “Milliy statistika qoʻmitasi stipendiyasi” tanlovi eʼlon qilindi.

Kimlar ishtirok etishi mumkin?

Oliy taʼlim tashkilotlarining (davlat, nodavlat hamda xorijiy) kunduzgi taʼlim shaklida statistika, iqtisodiyot, moliya, axborot texnologiyalari va maʼlumotlar ilmi va tahlili (Data Schienche&Analytichs) yoʻnalishlarida tahsil olayotgan:

— bakalavriatning 3–4-bosqich talabalari;

— magistratura bosqichi talabalari.

Tanlov 3 bosqichda oʻtkaziladi:

1 - bosqich – hujjatlarni taqdim etish va koʻrib chiqish (saralash bosqichi);

2 - bosqich – nazariy bilimlarni baholash testlari (statistika, iqtisodiyot, matematika, analitik fikrlash, IQ, ingliz tili);

3 - bosqich – tanlov komissiyasi aʼzolari bilan suhbat.

1-bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar bilan bogʻlaniladi va 2-bosqichga taklif etiladi.

Hujjatlarni topshirish tartibi:

Nomzodlar hujjatlarni faqat PDF formatda 2026-yil 15-fevral kuni soat 18:00 ga qadar quyidagi elektron pochta manziliga yuborishlari lozim:

Elektron pochta: sto1@stat.uz

Taqdim etiladigan hujjatlar:

➖ maʼlumotnoma (CV, bogʻlanish uchun aloqa maʼlumotlari bilan);

➖ motivation letter;

➖ akademik reyting koʻrsatkichlari (akademik maʼlumotnoma);

➖ xorijiy tillarni bilish boʻyicha hujjatlar (mavjud boʻlsa);

➖ ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha hujjatlar (mavjud boʻlsa);

➖ erishilgan yutuqlar va ijtimoiy faollik boʻyicha maʼlumotlar hamda tasdiqlovchi hujjatlar (mavjud boʻlsa)

Tanlov natijalariga koʻra 10 nafar gʻolib aniqlanadi. Gʻoliblarga 2025–2026 oʻquv yilining ikkinchi yarmi (fevral–iyun) davomida BHMning 3 barobari miqdorida stipendiya toʻlab beriladi.

Qoʻshimcha maʼlumot uchun: +998-71-203-80-00 (ichki raqam: 1531).

Eslatma: Tanlovning toʻliq shartlari, bosqichlari va baholash mezonlari “Milliy statistika qoʻmitasi stipendiyasi” nizomida batafsil keltirilgan.