Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Davlat oliygohlari xususiylashtiriladi

15-mart 11:43
Davlat oliygohlari xususiylashtiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida tajriba tariqasida davlat ulushining 51 foizdan kam boʻlmagan qismini saqlab qolgan holda ayrim davlat oliy taʼlim muassasalarini (oliy harbiy taʼlim muassasalari bundan mustasno) davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, ularda korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etish belgilangan.

Bundan tashqari institut maqomidagi oliygohlarning mavjud quvvati bosqichma-bosqich oshirilib, universitet maqomiga o‘zgartiriladi.