Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

“Dekret puli” qanday hisoblanadi?

30-iyun 07:31
“Dekret puli” qanday hisoblanadi?

“Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 4-paragrafi, 40-48-bandlari homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqani, 5-paragrafi, 49-78-bandlari esa vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarni hisoblash tartibini tartibga soladi.

Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalar

Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqani tayinlash va to‘lash uchun belgilangan tartibda berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asos bo‘ladi. Varaqaning yo‘qolgan holatlarda nafaqa uning o‘rniga takroriy berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (dublikat) asosida beriladi.

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik va nafaqa hisoblash

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalar barcha holatlarda xodimning haqiqiy ish haqidan hisoblab chiqariladi. Nafaqalarni hisoblashda asos qilib olinadigan haqiqiy ish haqiga ish joyidan, sug‘urta badallari undirilgan jami ish haqi to‘lovlari kiradi.

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik ta’tili boshlangan oyga qadar bo‘lgan 12 oy davomida olingan va sug‘urta badallari chegirilgan barcha mukofotlarning 1/12 qismi nafaqa hisoblab chiqariladigan oylik ish haqiga qo‘shilib, o‘rtacha oylik ish haqi miqdori aniqlanadi.