Endi Talabalarga 2 Xil Grant Beriladi
27-iyun 05:27

Yangi o‘quv yilidan boshlab, talabalarga beriladigan grantlar ikki turga ajratiladi: ijtimoiy rag‘batlantiruvchi va ta’lim granti.
-
Ijtimoiy Rag‘batlantiruvchi Ta’lim Granti:
- Qonunchilikda belgilangan imtiyozlar asosida davlat granti bo‘yicha va maqsadli qabul doirasida talabalikka qabul qilinganlarga ajratiladi.
- Bu grant tarmoq va sohalar, davlat organlari va tashkilotlarining grantlari sohiblari uchun ham beriladi.
- Talabalar bu grantni o‘qishni tugatguncha saqlab qolishlari mumkin.
-
Ta’lim Granti:
- Umumiy kvota doirasida talabalikka qabul qilinadigan yoshlarga bir yil muddatga beriladi.
- Keyingi yildan boshlab, grant bilimli talabalarning o‘zlashtirish natijalariga qarab qayta taqsimlanadi.
Yangi grant tizimi talabalarni rag‘batlantirish va ularga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga qaratilgan.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Universitet yoki Institut? Farq nimada?
19-mart 19:47
Talabaga 1-semestrda akademik ta’til berilmaydimi?
12-oktabr 17:44