Fan doktori nechta izlanuvchiga bir vaqtning o‘zida rahbarlik qilishi mumkin?
Fan nomzodi va fan doktori bir vaqtning o‘zida nechta talabgorga rahbar bo‘la oladi?
Fan doktori bir vaqtning o‘zida to‘rttadan ko‘p bo‘lmagan izlanuvchilarga ilmiy rahbar yoki konsultant bo‘lishi mumkin. Agar so‘nggi uch yilda uning izlanuvchilari o‘z vaqtida himoya qilgan bo‘lsa, ilmiy yoki ta’lim tashkilotlarining kollegial organi xulosasi asosida oltitadan ko‘p bo‘lmagan izlanuvchilar biriktirilishi mumkin.
Ilmiy unvoni bo‘lgan fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) esa bir vaqtning o‘zida ikkitadan ko‘p bo‘lmagan izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilishi mumkin. Ularning izlanuvchilari o‘z vaqtida himoya qilgan bo‘lsa, uchtagacha izlanuvchi biriktirilishi mumkin.
Xorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi bo‘lmagan izlanuvchilar uchun o‘rnatilgan me’yordan ortiq ilmiy rahbar yoki konsultantlar tayinlanishi mumkin.