Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Farg‘onalik 66 yoshli otaxon nodavlat universitetga hujjat topshirdi

07-avgust 22:26
Farg‘onalik 66 yoshli otaxon nodavlat universitetga hujjat topshirdi

66 yoshli otaxon nodavlat universitetga hujjat topshirdi

1958-yil Farg‘ona viloyati Quva tumanida tavallud topgan Yuldashev Sohibjon Komiljonovich Namangandagi UBS nodavlat oliy ta’lim muassasasiga hujjat topshirdi.

“University of Business Science” ning xabar berishicha, universitetning bo‘lajak talabasi bir necha yillardan buyon o‘z hududida madaniy merosni rivojlantirishga katta hissa qo‘shib kelmoqda. Bu faoliyatni davom ettirish maqsadida Sohibjon ota universitetning “Turizm va mehmondo‘stlik” yo‘nalishiga hujjat topshirgan.

“Universitetga o‘qishga kirishimdan maqsad — O‘zbekistonda madaniy merosni himoya qilishni kuchaytirish va bolalar turizmini rivojlantirish,” — deydi bo‘lajak talaba.