Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Hodim ishdan boʼshatilganda qancha miqdorda nafaqa beriladi?

11-iyul 12:12
Hodim ishdan boʼshatilganda  qancha miqdorda  nafaqa beriladi?

O‘zbekistonda qanday hollarda xodimga ishdan bo‘shatish nafaqasi berilishi yuzasidan ma’lumot berildi.

Unga ko‘ra, Mehnat kodeksining 173-moddasiga muvofiq, mehnat shartnomasi bekor qilinganda quyidagi hollarda ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanadi:

  • ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra, bundan shartnoma xodimning aybli harakatlari (harakatsizligi) bilan bog‘liq asoslar bo‘yicha bekor qilingani mustasno;
  • taraflarning xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lmagan quyidagi holatlarda:
  1. Xodimning harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilganda;
  2. Shu ishni ilgari bajarib kelgan xodimning avvalgi ishga tiklanganda (masalan, xodim noqonuniy ishdan bo‘shatilsa, sud uni qayta tiklasa);
  3. Tashkilotni tugatish yoki ish beruvchi bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorfaoliyatini tugatish to‘g‘risidagi sud qarorining qonuniy kuchga kirganda;
  4. Qonunchilik palatasi deputatining, shuningdek Senatda doimiy asosda ishlagan Senat a’zosining vakolatlari muddati tugagani yoki Qonunchilik palatasi va Senat tarqatib yuborilgani munosabati bilan avvalgi lavozimiga (ishiga) qaytganda;
  • 1-4 bandlarida jismoniy shaxs bo‘lgan ish beruvchi muomalaga layoqatsiz deb, e’tirof etilgan hollar mustasno.
  • ishga qabul qilishga doir belgilangan qoidalarning buzilgani, agar yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarlikni bartaraf etish imkoni bo‘lmasa va u ishni davom ettirishgato‘sqinlik qilsa;
  • qonunchilikka muvofiq mehnatga oid munosabatlarni davom ettirishga monelik qiladigan holatlar yuzaga kelgani (xodimning belgilangan tartibda berilgan tibbiy xulosaga muvofiq mehnat faoliyatiga to‘liq qobiliyatsiz deb e’tirofetilgani, shuningdek davlat sirlaridan foydalanish huquqi bekor qilingani, agar bajarilayotgan ish shunday foydalanish huquqini talab qilsa, muayyan ishni bajarishga doir ruxsatnomadan yoki litsenziyadan mahrum etilgani va boshqalar).

Ushbu holatlardan ishga qabul qilishning belgilangan qoidalari xodimning aybi bilan buzilgan (sudning muayyan lavozimlarni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi hukmini yashirish, soxta hujjatlar taqdim etish va boshqalar) yoki xodimning harakatlari qonunchilikka muvofiq yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni davom ettirishga to‘sqinlik qiladigan holatlarning yuzaga kelishiga olib kelgan hollar mustasno.

Shuningdek:

  • xodim yangi mehnat shartlarida ishni davom ettirishni rad etgani munosabati bilan;
  • xodim tibbiy xulosaga muvofiq sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra o‘ziga qarshi ko‘rsatma bo‘lmagan boshqa ishga o‘tkazishni rad etgani yoxud ish beruvchidategishli ish bo‘lmagani munosabati bilan;
  • xodim ish beruvchi bilan birga boshqa joydagi ishga ko‘chishni rad etgani munosabati bilan;
  • xodim tashkilotning mulkdori almashgani, uning qayta tashkil etilgani, idoraviy taalluqliligi (bo‘ysunuvi) o‘zgargani munosabati bilan ishni davom ettirishni rad etgani munosabati bilan.

Ishdan boʼshatish nafaqasi xodim ish stajiga mos ravishda uning oʼrtacha oylik ish haqining quyidagi miqdorlaridan kam boʼlishi mumkin emas:

  • 3 yilgacha ish stajiga ega xodimlar uchun –50 foizdan;
  • 3 yildan 5 yilgacha ish staji uchun – 75 foizdan;
  • 5 yildan 10 yilgacha ish staji uchun – 100 foizdan;
  • 10 yildan 15 yilgacha ish staji uchun – 150 foizidan;
  • 15 yildan koʼp ish staji uchun – 200 foizidan.

Jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasida ishdan boʼshatish nafaqasi bilan bogʼliq boshqa kafolatlar belgilanishi ham mumkin.