Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

IELTS imtihonida 8 ball to‘plagan o‘quvchi stipendiya bilan taqdirlandi

27-sentabr 01:10
IELTS imtihonida 8 ball to‘plagan o‘quvchi stipendiya bilan taqdirlandi

Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmatiga ko‘ra, Toshkent tumani 15-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchisi Muhammadbilol Mirsobitov Xalqaro IELTS imtihonida 8 ballni qo‘lga kiritdi.

Tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tashabbusi bilan iqtidorli o‘quvchilarni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan stipendiyaga Muhammadbilol bir o‘quv yili davomida sazovor bo‘ladi.

Bu stipendiya yutuqlari bilan ajralib turgan o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynaydi.