Kimlarga bir martalik moddiy yordam beriladi?
Imtiyoz tasnifi
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan moddiy ahvoli og‘ir yoshlarga bir martalik moddiy yordam tegishli tartibga muvofiq har bir individual holatda ariza beruvchining hayotiy vaziyati murakkabligini, uning ijtimoiy himoyaga muhtoj ekanligini inobatga olgan holda BHM 4 ning baravarigacha miqdorda to‘lab beriladi.
Imtiyoz foydalanuvchilari
1.o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan ishga layoqatsiz
2.Kam ta’minlangan oila farzandi
3.Harbiy xizmatdan qaytgan lekin ishga joylasha olmagan shaxs
4.zo‘ravonlik va ekspluatasiya, tabiiy ofatlar, halokatlar, yong‘inlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatida hayotiga, sog‘lig‘iga, mulkiga zarar yetgan
5.Temir daftardagi oila farzandlari
6.ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan
7.yuzaga kelgan holatlar sababli og‘ir turmush sharoitida qolgan
8.ota-onasidan birida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan, ikkinchisi esa ish faoliyatini to‘xtatgan holda bemorga qarashga majbur bo‘lgan yoxud ota-onasining har ikkisida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan
9.1 yoki 2 guruh nogironligi bo‘lgan yosh
10.Farzandida 1 yoki 2-guruh nogironligi bo‘lgan oila
11.Ayollar daftariga kiritilgan oila farzandi
Imtiyozdan foydalanish tartibi
1. Fuqaro bir martalik moddiy yordam olish uchun mahalla yetakchisiga ariza beradi.
2. Ariza 3 ish kuni ichida yetakchi tomonidan o‘rganib chiqiladi.
3. Mahalla yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida Vasiylik Kengashi qaror qabul qilib, 7 ish kuni ichida tuman (shahar) hokimliklariga yuboriladi.
4. Xalq bankining tegishli bo‘limi (filiali) tomonidan bir martalik moddiy yordam to‘lovlarini uch ish kuni ichida ariza beruvchiga naqd yoki naqd pulsiz shaklda to‘lab beradi