Maktabda tug‘ilgan kun nishonlash mumkin emas
Belgilangan qoidalarga ko‘ra, o‘quvchilarga ta’lim muassasida tug‘ilgan kun nishonlash taqiqlangan.
Bundan tashqari:
- Darsda "naushnik" ishlatish;
- Taʼlim muassasasining faoliyatiga tegishli oʻqituvchi va oʻquvchilarning obroʻsini tushirishga qaratilgan munosabatlar aks etgan audio hamda videomateriallarni turli ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishi yoki undan turli gʻarazli maqsadlar yoʻlida foydalanishi;
- Boshqalarga nisbatan zo‘ravonlik qilishi mumkin emas.
Qanday jazo bor? Agar o‘quvchi bu qoidalarga amal qilmasa, unda ota-onasi yozma ogohlantiriladi. Qoida buzilish holatlari takroran kuzatilganda, oʻquvchi muassasa ichki nazorat roʻyxatiga olinadi. Ota-ona maktabga chaqirilib, ular bilan inspektor-psixolog suhbat o‘tkazadi.