Maktablar ovoz yig‘ishga majburlash bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etmoqda
Ovoz yig‘ishga majburlash bo‘yicha eng ko‘p shikoyatlar maktablardan tushmoqda
Ovoz berish bosqichi davomida fuqarolar tomonidan bugungi kunga qadar “1282” ishonch raqamiga ovoz yig‘ishga majburlash holatlari bo‘yicha jami 39 ta shikoyat kelib tushgan. Endilikda “Ochiq byudjet”da majburlash orqali ovoz yigʻilgan loyihalar roʻyxatdan chiqariladi.
Bunda, eng ko‘p murojaatlar kelib tushgan hududlar:
- Farg‘ona viloyatida — 7 ta;
- Toshkent shahrida — 6 ta;
- Namangan va Jizzax viloyatlarida — 5 tadan.
Sohalar kesimida:
- Umumta’lim maktablari bo‘yicha — 19 ta;
- Tibbiyot tashkilotlari bo‘yicha — 16 ta.
Jizzax shahridagi 17-maktabning bir guruh o‘qituvchilari tomonidan kelib tushgan shikoyatda, yangi ishga kirmoqchi bo‘lgan nomzodlarga birinchi o‘rinda ovoz yig‘ib kelganidan so‘ng hujjatlarini topshirishi mumkinligi haqida buyruq berilgan. Shuningdek, dekretga chiqib ketgan ustozlarga ham ishga kelganida ovoz yigʼib kelishi, keyin esa ish masalasini ko‘rib chiqishi haqida ma’lumot berilgan.
Eslatib o‘tamiz, kelib tushgan barcha murojaatlar ko‘rib chiqish uchun tegishli tuman (shahar) Xalq deputatlari Kengashlariga yuboriladi. Agar holat o‘z tasdig‘ini topsa, mazkur loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatiladi yoki g‘oliblar ro‘yxatidan chiqarilishi mumkin