Imtihonlar.uz Onlayn test topshirish

Maktablarda bahorgi taʼtil 20-mart kunidan boshlanishi ma’lum qildi

Bugun, 11:07
Maktablarda bahorgi taʼtil 20-mart kunidan boshlanishi ma’lum qildi

Ramazon hayiti 20-mart sanasida nishonlanishi munosabati bilan o‘quvchilarning bahorgi ta’tili 20-martdan boshlanib 28-martga qadar davom etadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qildi.

Bunda o‘quv yilining 4-choragi 30-mart (dushanba) kunidan boshlanadi.

Joriy o‘quv yilining 20-mart (juma) kunidagi va 28-mart (shanba) kunidagi o‘quv mashg‘ulotlari 4-chorakda o‘quv dasturlariga tig‘izlashtirilgan holda o‘qitiladi.

Xabaringiz bor, Ramazon hayiti va Navro‘z bayrami munosabati bilan xodimlar uchun dam olinadigan kunlar ketma-ketligi haqida berilgan edi. Bunda:

— 20-mart (juma) – Ramazon hayiti kuni – barcha uchun dam olish kuni;

— 21-mart (shanba) – Navro‘z bayrami kuni – barcha uchun dam olish kuni;

— 22-mart (yakshanba) – dam olish kuni;

— 23-mart (dushanba) – 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni (ishlanmaydigan bayram kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chirilgan dam olish kuni) 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun ish kuni.