Medinstitutlarni tugatayotgan talabalar shifokor bo‘lib ishlash uchun imtihon topshiradi
Prezident maktabiga tayyorlanuvchilar uchun mobil ilova
➡️ YUKLAB OLISH
2024/2025-o‘quv yilidan boshlab, barcha davlat va nodavlat tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida ikki bosqichli davlat imtihonlari tizimi joriy etiladi. Ushbu yangi tizimga ko‘ra, talabalar quyidagi bosqichlardan o‘tadi:
- 1-bosqich: Fundamental fanlardan yakuniy davlat imtihonlari o‘tkaziladi.
- 2-bosqich: Klinik fanlar bo‘yicha imtihonlar topshiriladi.
Dastlabki imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan talabalar kursdan kursga o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Klinik bilimlarga oid sinovlar esa talabaning amaliyotda shifokor bo‘lib ishlashiga ruxsat beradi. Agar talaba klinik bilimlarga oid imtihonda yaxshi natija ko‘rsatmasa, unga shifokor sifatida amaliyot o‘tashga ruxsat berilmaydi.