Minimal oʻtish bali 2024-2025 yilda ham o‘zgarishsiz qoladi
Kirish imtihonlarida minimal oʻtish bali o‘zgarishsiz qoldi
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan respublika oliy ta’lim muassasalariga davlat granti bo‘yicha minimal o‘tish bali – 68,0 ball (maksimal 189 ballning 36 %), to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish bali – 56,7 ball (maksimal 189 ballning 30 %) etib belgilandi.
Oldinroq Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri 8-may kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida vaziri oliy ta’lim muassasalariga kirishdagi 56,7 minimal o‘tish balli 2025-yildan boshlab bosqichma-bosqich oshirish rejalashtirilayotganligini ma’lum qilgan edi.
Vazir “O‘zbekiston24” telekanaliga bergan interyusida ham 2024-2025 oʻquv yili uchun oʻtish ballari:
- sogʻliqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yoʻnalishlari uchun – 75,6 ball;
- boshqa yoʻnalishlar uchun – 66,5 ball etib belgilanishini ma’lum qilgan.