Mudofaa vazirligi tizimidagi OTMlarga kirish uchun ariza topshirish boshlandi
2026-yil 1-fevral sanasidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimidagi oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlardan arizalar qabul qilish boshlanadi.
Nomzodlarning arizalari amaldagi tartibga muvofiq tuman (shahar) Mudofaa ishlari bo‘limlari orqali qabul qilinadi.
Shuningdek, nomzodlarga qulaylik yaratish maqsadida Mudofaa vazirligi tomonidan maxsus elektron platforma orqali arizalarni onlayn qabul qilish rejalashtirilgan.
Platforma ishga tushirilganligi haqida tez orada qo‘shimcha ravishda ma’lumot berib boriladi.