Nega magistratura bosqichida o‘qishni ko‘chirish mumkin emas?
Prezident maktabiga tayyorlanuvchilar uchun mobil ilova
➡️ YUKLAB OLISH
Nima sababdan magistratura bosqichida o‘qishni ko‘chirish mumkin emas?
Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 232-bandiga muvofiq, xorijiy oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.
Buning asosiy sababi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-son qarori bilan tasdiqlangan Magistratura to‘g‘risidagi Nizomda belgilanganidek, magistratura talabalariga birinchi o‘quv yilining birinchi ikki oyida magistrlik dissertatsiyasi mavzusi va ilmiy rahbarlar tasdiqlanadi. Magistrlik dissertatsiyasi tayyorlash jarayoni birinchi kursning birinchi semestridan boshlanadi.
O‘qishni ko‘chirish orqali bu jarayonni yangidan belgilangan talablar darajasida to‘liq amalga oshirish imkonsiz bo‘lib qoladi. Shu sababli, magistratura bosqichida o‘qishni ko‘chirish maqsadga muvofiq emas deb hisoblanadi.