Nufuzli xalqaro va mintaqaviy xalqaro olimpiadalar uchun mukofot miqdorlari qancha?
Prezident maktabiga tayyorlanuvchilar uchun mobil ilova
➡️ YUKLAB OLISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentyabrdagi 346-son qaroriga muvofiq, nufuzli xalqaro, xalqaro va mintaqaviy xalqaro olimpiadalar g‘oliblari va ularning o‘qituvchilari uchun to‘lanadigan pul mukofotlari quyidagicha belgilanadi:
1-o‘rin (Oltin medal):
- G‘olib:
- Nufuzli xalqaro olimpiada: 500 baravar
- Xalqaro olimpiada: 150 baravar
- Mintaqaviy xalqaro olimpiada: 12 baravar
- O‘qituvchi:
- Nufuzli xalqaro olimpiada: 450 baravar
- Xalqaro olimpiada: 50 baravar
- Mintaqaviy xalqaro olimpiada: 50 baravar
- Terma jamoa rahbari:
- Nufuzli xalqaro olimpiada: 35 baravar
2-o‘rin (Kumush medal):
-
G‘olib:
- Nufuzli xalqaro olimpiada: 300 baravar
- Xalqaro olimpiada: 100 baravar
- Mintaqaviy xalqaro olimpiada: 10 baravar
-
O‘qituvchi:
- Nufuzli xalqaro olimpiada: 250 baravar
- Xalqaro olimpiada: 35 baravar
- Mintaqaviy xalqaro olimpiada: 35 baravar
-
Terma jamoa rahbari:
- Nufuzli xalqaro olimpiada: 25 baravar
3-o‘rin (Bronza medal):
-
G‘olib:
- Nufuzli xalqaro olimpiada: 200 baravar
- Xalqaro olimpiada: 50 baravar
- Mintaqaviy xalqaro olimpiada: 5 baravar
-
O‘qituvchi:
- Nufuzli xalqaro olimpiada: 150 baravar
- Xalqaro olimpiada: 30 baravar
- Mintaqaviy xalqaro olimpiada: 30 baravar
-
Terma jamoa rahbari:
- Nufuzli xalqaro olimpiada: 15 baravar
Bu mukofot pullari bazaviy hisoblash miqdori asosida hisoblanadi va nufuzli xalqaro olimpiadalar ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng amalda qo‘llaniladi.