Oliy ta’limda kim ko‘proq (Qizlarmi yoki yigitlar)?
Oliy ta’lim vazirligi statistikasiga ko‘ra, respublikadagi barcha OTMlarda o‘qiyotgan 1 mln 312 ming talabaning 650 ming nafari erkaklar, 662 ming nafari esa xotin-qizlardir. Magistraturada tahsil olayotgan 24 ming talabaning 60 foizini xotin-qizlar tashkil qiladi.
Talaba qizlar ulushi yuqoriligida ularga berilgan imtiyozlar ham yordam berayotgan bo‘lishi mumkin.