Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 19-21-avgust oralig‘ida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda – BBA

10-avgust 02:26
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 19-21-avgust oralig‘ida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda – BBA

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 19-21-avgust oralig‘ida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda – Bilimni baholash agentligi

9-avgust kuni Bilimni baholash agentligining rasmiy telegram kanalida agentlik mutaxassislari va abituriyentlar bilan onlayn ovozli suhbat bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida agentlik mutaxassislari tomonidan o‘qishni ko‘chirish uchun test sinovlari 19-21-avgust kunlarida o‘tkazilishi rejalashtirilayotganligi ma’lum qilindi. Imtihon sanasi aniq bo‘lganda, agentlikning rasmiy sahifalarida xabar qilinadi.

Shuningdek, imtihon bo‘lib o‘tadigan manzil va ruxsatnoma talabgorlarning shaxsiy kabinetlariga imtihondan oldin yuboriladi.

Talabgorlar o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha my.uzbmb.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mobaynida kamchilikka yo‘l qo‘ygan fuqarolar arizalarini 9-avgust soat 23:59 gacha qayta ko‘rib chiqib texnik kamchiliklarni bartaraf etishlari mumkin edi . To‘lovlarni amalga oshirish esa, 10-avgust soat 13:00 da to‘xtatiladi.

Eslatma: bunda faqat ilova qilib yuklangan hujjatlarni sifatlisiga almashtirish, xatoliklarni tuzatish hamda to‘lovlarni amalga oshirish mumkin, biroq yangi arizalar topshirish imkoniyati yo‘q.