Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

O‘qishni ko‘chirish imtihonlari uchun 170 ming so‘m to‘lov talab qilinadi

13-iyul 15:27
O‘qishni ko‘chirish imtihonlari uchun 170 ming so‘m to‘lov talab qilinadi

To‘lov haqida ma’lumot

O‘qishni ko‘chirish imtihonlarida qatnashish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lov qilishlari kerak.

Hozirgi kunda BHM — 340 ming so‘mni tashkil etadi va uning yarmi esa 170 ming so‘m hisoblanadi.

To‘lovdan ozod qilinadigan toifalar

Quyidagi toifaga kiruvchilar to‘lovdan ozod etiladilar:

  • Nogironligi bo‘lgan shaxslar
  • To‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar (“Mehribonlik" uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari)
  • “Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari
  • “Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlar