Imtihonlar.uz Onlayn test topshirish

Oʻquvchi qizlar oʻrtasida futbol boʻyicha “Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziri kubogi” musobaqasi o‘tkaziladi

Bugun, 11:36
Oʻquvchi qizlar oʻrtasida futbol boʻyicha “Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziri kubogi” musobaqasi o‘tkaziladi

Musobaqada umumta’lim muassasalarining 7–11-sinflarida tahsil olayotgan 14–18 yoshli oʻquvchi qizlar ishtirok etishlari mumkin.

Musobaqaning asosiy maqsadi, oʻquvchi qizlar oʻrtasida ommaviy futbolni rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini mustahkamlash, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, iqtidorli sportchilarni aniqlashdan iborat.

Musobaqa uch bosqichda oʻtkaziladi:

— tuman (shahar) bosqichi — joriy yilning 1-5-fevral kunlari;

— hududiy bosqich — joriy yilning 13-17-fevral kunlari;

— Respublika bosqichi — joriy yilning 24-30-mart kunlari Surxondaryo viloyatida boʻlib oʻtadi.

Barcha uchrashuvlar FIFA tomonidan belgilangan futbol qoidalari asosida oʻtkaziladi. Final bosqichida jami 16 ta jamoa ishtirok etadi va gʻoliblar shaxsan Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziri tomonidan taqdirlanadi.

Musobaqa gʻoliblari quyidagi tartibda taqdirlanadi:

— 1-oʻrin — “Damas” avtomashina va 250 mln soʻm pul mukofoti;

— 2-oʻrin — “Damas” avtomashina va 200 mln soʻm pul mukofoti;

— 3-oʻrin — “Damas” avtomashina va 150 mln soʻm pul mukofoti.

Shuningdek, respublika bosqichining barcha ishtirokchilari uchun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining maxsus sovgʻalari ham mavjud.