O‘quvchilarning dars qoldirishi uchun mas’ul tashkilotlar qaysilar?
Dars qoldirgan bolalarning muammosini o‘rganish va uni bartaraf qilishga quyidagi bir necha tashkilotlar mas’ul hisoblanadi:
- Maktab;
- Hokimlik;
- Maktabgacha va maktab ta’limi organlari;
- Milliy gvardiya.
Bu organlar bolalarning darslarda qatnashish holatini monitoring qiladi va o‘quvchilarning dars qoldirishi sabablarini aniqlab, zarur chora ko‘radi.
Bolalar darsga kelmagan taqdirda, ular bilan individual ish olib boriladi, ota-onasi maktabga chaqiriladi yoki zarurat tug‘ilganda bolaning uyiga boriladi.
Agar bola ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxs sababli dars qoldirsa, ma’muriy javobgarlik masalasi ham ko‘rib chiqiladi.