Imtihonlar.uz Onlayn test topshirish

Oʻzbekistonda diplomlari toʻgʻridan-toʻgʻri tan olinadigan xorijiy OTMlarning 2026-yil uchun roʻyxati tasdiqlandi

Bugun, 12:40
Oʻzbekistonda diplomlari toʻgʻridan-toʻgʻri tan olinadigan xorijiy OTMlarning 2026-yil uchun roʻyxati tasdiqlandi

Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi hamda Oliy taʼlim, fan va iinovatsiyalar vazirligi tomonidan 2026-yil uchun tasdiqlangan xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities) reytingida oliy taʼlim muassasalari orasida birinchi 1 000 o‘rinni egallagan xorijiy oliy taʼlim muassasalari ro‘yxati tasdiqlandi.

Ushbu ro‘yxat 2026-yil uchun e’lon qilingan bo‘lib, har yili yangilanib turadi.

Kuchli 10 talikdan quyidagi universitetlar joy olgan:

  1. Massachusetts Institute of Technology (MIT)
  2. Imperial College London
  3. Stanford University
  4. University of Oxford
  5. Harvard University
  6. University of Cambridge
  7. ETH Zurich (Swiss Federal Institute of Technology)
  8. National University of Singapore (NUS)
  9. UCL (University College London)
  10. California Institute of Technology (Caltech)

Ma’lumot uchun, TOP-1000 oliygohlarni tamomlagan talabalarning diplomlari O‘zbekistonda imtihon sinovlarisiz tan olinadi (nostrifikatsiya qilinadi).

Ro‘yxat bilan tanishish