Pedagogika yo‘nalishi talabasi 2-kursdan dars bera oladimi?
Talabalar pedagogika yo‘nalishida 2-kursdan ishlashi mumkinmi?
Vazirlar Mahkamasining 275-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomning 8-bandiga ko‘ra oliy ta’lim muassasasining pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida o‘qiyotgan shaxslar pedagoglik ishini amalga oshirish uchun qo‘yilishi mumkin va ularga o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.
Demak, pedagogika yo‘nalishida 3-kursda o‘qiyotgan talabalar bemalol dars bera oladi. Lekin ularga o‘rta maxsus xodim sifatida haq to‘lanadi.
Shunga ko‘ra, ushbu OTM talabasi o‘z yo‘nalishi bo‘yicha maktabda 3-kursdan boshlab ishlashi mumkin.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, 2-kurs talabasi dars bera olmaydi.