Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Pedagoglar faoliyati qonuniylashtiriladi

02-fevral 18:41
Pedagoglar faoliyati qonuniylashtiriladi

Pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari, faoliyatining asosiy kafolatlari, mehnatiga yarasha haq to‘lash, rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish tamoyillari Qonun bilan belgilandi. Prezident bu haqdagi tegishli qonunni imzoladi.

1-fevralda e’lon qilingan Qonunga ko‘ra quyidagilar taqiqlanadi:

pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, shu jumladan hududlarni obodonlashtirishga va qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilish;

pedagogdan uning kasbiy majburiyatlariga taalluqli bo‘lmagan hisobotlarni va boshqa ma’lumotlarni, shu jumladan bitiruvchilarning bandligi ta’minlanganligi haqidagi hisobotlarni shakllantirishini va taqdim etishini talab qilish;

pedagogning zimmasiga tovar va xizmatlarni sotib olish majburiyatini yuklash, shu jumladan ish haqidan uning yozma roziligisiz tovar va xizmatlar uchun mablag‘ ushlab qolish.

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.