Talaba qachon oliy ta’limdan chetlashtirilishi mumkin?
Talaba qanday hollarda oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirilishi mumkin?
Talaba oliy ta’lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:
– O‘z xohishiga binoan;
– O‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
– O‘quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun;
– Bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
– O‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun);
– Talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
– Sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);
– Vafot etganligi sababli.
Shuningdek, talaba harbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, bolalarni parvarish qilish kabi hollarda akademik ta’til olish huquqiga ega.