Qishki taʼtilga chiqayotgan talabalar uchun oxirgi dars kuni 23-dekabr
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrugʻiga koʻra, barcha oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim (davlat, nodavlat, xorijiy) muassasalarida qishki taʼtil muddati 2023-yilning 25-dekabridan 2024-yilning 7-yanvariga qadar etib belgilandi.
25-dekabr dushanba. 23-dekabr shanba oxirgi dars kuni hisoblanadi.
Dars jarayonlari esa 2024-yil 8-yanvar, dushanba kunidan boshlanadi.