Talabalar yotoqxonasiga pul to‘lashda kimlarga imtiyoz berilishi mumkin?
Prezident maktabiga tayyorlanuvchilar uchun mobil ilova
➡️ YUKLAB OLISH
Yotoqxona to‘lovi bo‘yicha imtiyozni oliy ta’lim muassasalari Kengashi belgilaydi va bu imtiyoz quyidagi shakllarda berilishi mumkin:
yotoqxona to‘lovlaridan butunlay ozod etiladi
- ko‘z kasalliklari bo‘yicha 1-2-guruh nogironligi borlar;
- chin yetimlar (ota-onasining har ikkisi vafot etganlar) va yetimlar (ota-onalaridan biri vafot etganlar);
- mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari;
- hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar.
umumiy to‘lovdan 50 foiz chegirma beriladi
- umumiy kasalliklar bo‘yicha 2-guruh nogironlari;
- vazifasini namunali bajarayotgan talabalar Kengashi raisi, qavat sardori hamda yotoqxona kutubxonasi uchun mas’ul talabalarga.