Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Talabalarga sinf rahbarlik qilish taqiqlanadi

31-avgust 17:09
Talabalarga sinf rahbarlik qilish taqiqlanadi

Talaba sinf rahbar bo‘lishi mumkin emas

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 27-iyundagi 190-sonli buyrug‘iga (manba) ko‘ra, sinf rahbarlari o‘qituvchilar orasidan ta’lim muassasasi direktori tomonidan tayinlanadi va ozod etiladi.

Sinf rahbari quyidagi mezonlarga asoslanib tanlab olinadi:

  • Kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan;
  • Maktabda asosiy ishchi sifatida faoliyat olib borayotgan (umumta’lim muassasalarida mehnatini soatbay (shu jumladan o‘rindoshlik) asosda faoliyat olib boruvchi o‘qituvchilarning sinfga rahbarlik qilishi mumkin emas);
  • Boshqaruvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lgan;
  • O‘quvchilar bilan ishlash jarayonida mas’uliyat bilan yondasha oladigan.

Boshlang‘ich sinflarda sinf rahbarligi boshlang‘ich sinfga biriktirilgan o‘qituvchilarga yuklatiladi. Boshlang‘ich sinfga tayinlangan sinf rahbari 1-sinfdan 4-sinfgacha o‘quvchilarga yagona rahbar hisoblanadi.

Mazkur mezonlarga javob bermaganligi uchun talabaga sinf rahbarlik berish mumkin emas.