Tarix yo‘nalishi bitiruvchilari uchun mavjud kasb imkoniyatlari
Prezident maktabiga tayyorlanuvchilar uchun mobil ilova
➡️ YUKLAB OLISH
arix yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashi mumkin?
Tarix yo‘nalishi bitiruvchilari quyidagi kasblarni egallashlari mumkin:
Davlat va nodavlat tashkilotlarda:
- Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tarix fani o‘qituvchisi;
- O‘rta maxsus va professional ta’limda tarix fani o‘qituvchisi;
- O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish;
- Maktab direktori kasb standartiga muvofiq ta’lim muassasasini boshqarish;
- Laborant yoki kabinet mudiri sifatida faoliyat yuritish.
Bakalavr kasbiy faoliyatlarining ob’ektlari:
- Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari;
- Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi idoralar;
- Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari;
- Davlat boshqaruv organlari va ta’lim muassasalari.
Yo‘nalish bo‘yicha bakalavr kasbiy faoliyatlari:
- Pedagogik;
- Ilmiy-tadqiqot;
- Ma’naviy-ma’rifiy;
- Tashkiliy-boshqaruv