“Tasviriy san’at va chizmachilik” o‘rniga “San’at” fani o‘tilishi mumkin
O‘zbekistondagi ijod maktablarida “Tasviriy san’at va chizmachilik” fani o‘rniga “San’at” fanini kiritish taklif etilmoqda.
Bu haqda kecha, 28-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tanishgan maktab ta’limini rivojlantirish va sifatini oshirishga oid rejalar taqdimotida ma’lum qilindi.
“San’at” fanida faqat rasm chizish emas, balki rangtasvir, hunarmandchilik, kinematografiya, haykaltaroshlik va dizaynga oid ko‘nikmalar o‘rgatiladi.
Oliy o‘quv yurtlarida bu bo‘yicha maslahatchi tizimini Madaniyat vazirligi bilan bog‘lab, maqom, baxshichilik, teatr meroslarini yoshlarga yetkazish vazifasi qo‘yildi.
Shuningdek, yirik korxonalar va klasterlar qoshida ansambllar tuzilib, mahallalarda konsertlar, maktablarda madaniyat kunlari tashkil etilishi belgilandi.