Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Telefon ishlatishdan voz kechgan maktabga 300 million so‘m pul mukofoti berildi

28-aprel 19:45
Telefon ishlatishdan voz kechgan maktabga 300 million so‘m pul mukofoti berildi

Xabaringiz bor, Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev “Telefonsiz maktab” tashabbusini ilgari surib, telefon ishlatishdan voz kechgan maktabga 300 million so‘m pul mukofoti berilishini aytgandi.

Shundan so‘ng Angren shahridagi 13- va 17-sonli umumta’lim maktablarida “Telefonsiz maktab” tizimi joriy etilgandi.

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, viloyat hokimi Zoyir Mirzayev “Telefonsiz maktab” loyihasini faol qo‘llab-quvvatlagani uchun Angren shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Zebo Mahkamovaga 300 million so‘m pul mukofotini topshirgan.

“Ushbu maktab 50 kundan buyon yangi loyihani faol tatbiq qilib kelmoqda”, - deyiladi Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati bergan xabarda.