Tibbiyot OTMning 200 nafar bitiruvchisi xorijda o‘qitiladi
17.03.2024 16:53

Prezident maktabiga tayyorlanuvchilar uchun mobil ilova
➡️ YUKLAB OLISH
“Sog‘liqni saqlash sohasida islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
2024-2025-o‘quv yilidan:
- tibbiyot OTMning 200 nafar bitiruvchisi magistratura va klinik ordinatura dasturlari asosida yetakchi xorijiy OTM va markazlarda o‘qitiladi;
- tibbiyot OTMning bitiruvchi kurs talabalarida oilaviy shifokor uchun talab etiladigan klinik ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida ko‘p tarmoqli tibbiyot tashkilotlarida ish haqi to‘lanadigan internatura tashkil etiladi;
- Toshkent tibbiyot akademiyasining ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkaziladi;
- tibbiyot yo‘nalishidagi OTM talabalarining bilimlari ikki bosqichli baholash tizimi asosida baholanadi.
Quyidagi magistrlik yo‘nalishlari joriy etiladi hamda har yili kamida 150 nafar mutaxassislarni davlat buyurtmasi asosida tayyorlash choralari ko‘riladi:
- “Jamoat salomatligini tashkil etish va boshqarish” (Public Health and Healthcare Management);
- “Jamoat salomatligi: epidemiologiya va ma’lumotlar tahlili” (Public Health: Epidemiology and data science/data analytics);
- “Jamoat salomatligi: ovqatlanish” (Public Health: Nutrition);
- “Profilaktik tibbiyot” (Preventive Medicine);
- “Jismoniy faollik va reabilitatsiya” (Physical Activity and Rehabilitation).
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Samarqanddagi ayrim OTM hamda ular huzuridagi texnikum va akademik litseylarga qisqa muddatli taʼtil beriladi
03-aprel 14:19
Talaba bo‘lsangiz — e’tibor bering!
02-aprel 11:24
Ta’lim shaklini o‘zgartirish tartibi
28-mart 11:20