Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi Zakovat turnirining respublika bosqichi boshlandi

20-oktabr 14:11
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi Zakovat turnirining respublika bosqichi boshlandi

20-oktyabr kuni O‘zbekistonning umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining Respublika bosqichi boshlandi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining axborot xizmati ma’lum qildi.

Turnirda yurtimizdagi barcha hududlardan uchtadan jami 42 ta jamoa hamda 294 nafar o‘quvchilar g‘oliblik uchun bellashmoqda

G‘olib jamoa Oliy ta’lim muassasalariga imtiyoz asosida o‘qishga qabul qilinadi va 1 o‘quv yili mobaynida “Zakovat” stipendiyasi bilan rag‘batlantiriladi.

Natijalar bilan turnir yakunlangandan so‘ng batafsil tanishtiramiz.