Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Xususiy OTMlarning yuridik yo‘nalishlari yopilsa, talabalar qayerga ko‘chadi?

11-mart 14:56
Xususiy OTMlarning yuridik yo‘nalishlari yopilsa, talabalar qayerga ko‘chadi?

Oliy ta’lim vazirligi mas’uli Abduvali Xoliqov nodavlat OTMlar ichida yurisprudensiya yo‘nalishi Kasaba uyushmalari akademiyasida borligini, agar u yerda talabalar qabul qilish sig‘imi yetmasa, ular davlat yuridik yo‘nalishida o‘qitadigan OTMga test topshirishga majbur bo‘lishini bildirdi.

Lekin talaba davlat OTMga test topshirib, testdan o‘tolmasa, uning taqdiri nima bo‘lishi haqidagi savolga oydinlik kiritilmadi.

Bu shuni anglatadiki, nodavlat OTMdan davlatnikiga o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabalar "perevod" talablari bo‘yicha test topshirib, undan o‘tsa, OTMga qabul qilinadi.