Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Yakkasaroy va Mirobod tumanlarida "Mudir Granti" tanlovi tashkil etilmoqda

17-aprel 15:49
Yakkasaroy va Mirobod tumanlarida

Yakkasaroy va Mirobod tumanlari miqyosida maktab o‘quvchilari uchun o‘tkaziladigan “Mudir GRANTI” tanlovining

NIZOMI

Yakkasaroy va Mirobod tumanlari miqyosida ingliz tili va IELTS o‘qish uchun maktab o‘quvchilariga Grant ajratildi.

Yakkasaroy va Mirobod tumanlari Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, Registon ta’lim loyihasi hamda xalqaro British Council tashkiloti hamkorlikda "Mudir Granti" tanlovini e’lon qiladi. Ushbu Grant tanlovida Yakkasaroy va Mirobod tumanlarida tahsil olayotgan 1-sinfdan 10 sinfgacha bo‘lgan o‘zbek va rus sinf o‘quvchilari qatnasha olishadi.

Ma’lumot uchun, “Mudir Granti” - bu O‘zbekiston ta’limi kelajagiga befarq bo‘lmagan Registon ta’lim loyihasi tomonidan ishlab chiqilgan navbatdagi ijtimoiy loyiha bo‘lib, bu orqali eng iqtidorli yoshlarni bepul o‘qitish va munosib mukofotlash ko‘zda tutilgan.

Mudir Granti tanlovi g‘oliblari qanday imkoniyatlarga ega bo‘lishadi?

  • Mudir Grantining maxsus g‘oliblik guvohnomasi va esdalik sovg‘alari;
  • Registon o‘quv markazining Yakkasaroy filialida grant asosida bepul o‘qish imkoniyati (kalendar oy asosida);
  • Registonning maxsus materiallari va kitoblaridan bepul foydalanish imkoniyati;
  • British Council tashkiloti xalqaro ekspertlari bilan hamkorlikda tashkil etiladigan maxsus yopiq trening va seminarlarda bepul qatnashish imkoniyati;
  • Ko‘p yillik tajribaga ega IELTS 8.0-8.5 mentorlardan qo‘shimcha darslar olish imkoniyati;
  • Maxsus platforma orqali xalqaro IELTS ekspertlaridan onlayn darslar va qo‘shimcha mashg‘ulotlar olish imkoniyati;
  • Registon o‘quv markazining "Support teacher" xizmatidan o‘quv jarayonlari davomida bepul foydalanish imkoniyati;
  • Shuningdek, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus QR-kodli sertifikatlar beriladi.

Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish Registon ta’lim loyihasi’ning xalqaro toifadagi ustozlari hamda British Council tashkilotining xalqaro mutaxassislaridan tarkib topgan maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, Registon ta’lim loyihasi – bu 2014-yilda tashkil topgan O‘zbekistondagi eng yirik xususiy ta’lim tashkilotlaridan biri bo‘lib, u Respublika bo‘ylab IELTS va chet tillariga ixtisoslashgan 32 ta o‘quv markazi, shuningdek, Registon xususiy maktabi, Registon tibbiyot kolleji, Registon xususiy nashriyoti, Registon IT kompaniyasi, Registon konsalting kompaniyasi, Registon test markazi, Registon onlayn maktabi (Daryn.uz by Registan) kabi yirik loyihalarni o‘z ichiga oladi. Yaqin kunlarda "Registan International University" xalqaro standartlar asosida ta’lim beruvchi nodavlat oliygohi ham o‘z faoliyatini boshlash arafasida turibdi. Hozirgi vaqtda Registon ta’lim eco-sistemasida 30 mingga yaqin yoshlar ta’lim olmoqda, shuningdek, Registon xususiy nashriyoti tomonidan chop etiladigan o‘quv qo‘llanmalari va darsliklaridan har yili 100 000 dan ortiq yoshlar foydalanadi. Registonning 10 yillik tarixi davomida 70 mingdan ziyod yoshlar muvaffaqiyatli ta’lim olishgan.

Tanlov tashkilotchilari:

Hamkorlar:

  • Respublika Imtihonlar.uz platformasi

Tanlov ishtirokchilari:

  • Ingliz tili (General English) darajalari bo‘yicha Registon o‘quv markazida ta’lim olishni istagan Yakkasaroy tumanida tahsil olayotgan 1-sinfdan 10 sinfgacha bo‘lgan o‘zbek va rus sinf o‘quvchilari;
  • Muhim eslatma: ushbu grant loyihasi Registon o‘quv markazida o‘qimoqchi bo‘lgan yangi o‘quvchilar uchun tashkil etilgan. Markazlarimizda tahsil olayotgan o‘quvchilar ushbu loyihada o‘z bilimlarini tekshirib olish maqsadida imtihonlarda ishtirok etishi mumkin, lekin grantga ega bo‘la olishmaydi.
  • Tanlovga ro‘yxatdan o‘tish

  • Mudir IELTS Granti tanlovida ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar @Yakkasaroy_grant_bot orqali ro‘yxatdan o‘tadi va Respublika Imtihonlar.uz platformasida tanlovning maxsus “Shaxsiy kabineti”ni faollashtiradi.
  • Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi sanasi: 5-may

Tanlov bosqichlari:

Mudir Granti tanlovi 2 bosqichdan iborat. Tanlov bosqichlari umumiy baholash tizimi asosida baholanadi hamda eng yaxshi natija ishtirokchilar munosib taqdirlanadi.

Birinchi bosqich

  • Ushbu bosqichda tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar Respublika Imtihonlar.uz platformasi orqali Yakkasaroy tumani miqyosida onlayn imtihon topshiradilar.
  • Onlayn imtihonda ingliz tilining turli darajalarida 25 ta test savoli beriladi. Har bir to‘g‘ri savolga 4 balldan beriladi.
  • Tanlovining 1-bosqichi 5-may kuni soat 08:00 da boshlanadi va soat 22:00 da yakunlanadi.
  • Barcha nomzodlar belgilangan vaqt oralig‘ida 30 daqiqa davom etuvchi onlayn imtihonda ishtirok etishadi. Tanlovning maxsus onlayn imtihon platformasi 5-may kuni soat 22:00 yopiladi.
  • 1-bosqichdan 2-bosqichga o‘tishning minimal natijasi - 72 ball (18 ta to‘g‘ri javob) va undan yuqori tashkil etadi. Agar imtihonda ishtirok etuvchi talabgor 1-bosqichda yetarli ball to‘play olmasa, 2-bosqichga yo‘llanma olmaydi.

✅ Ishtirokchilar uchun qat’iy eslatmalar:

  • Tanlov boshlanishidan oldin yo‘riqnoma bilan yaxshilab tanishib chiqing;
  • Tanlov ishtirokchilari ro‘yxatdan o‘tish vaqtida shaxsiy ma’lumotlarining to‘g‘ri va aniq to‘ldirilayotganligiga ahamiyat berishlari lozim. Nomzodlardan shaxsiy va doimiy faol bo‘lgan telefon raqam orqali ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi (Eslatma: "Shaxsiy akkaunt" shakllantirish uchun ro‘yxatdan o‘tkazilgan telefon raqamlarga maxsus sms xabarnomalar jo‘natilishi yoki Call-markaz tomonidan qayta aloqaga chiqilishi mumkin)

Ikkinchi bosqich

  • Ushbu bosqich Mudir Granti tanlovining eng asosiy bosqichi bo‘lib, ishtirokchilar ushbu bosqichda maxsus test imtihondan o‘tishadi.
  • Bo‘lib o‘tadigan vaqt va manzil: Tanlovning 2-bosqichi 12-may kuni saralangan nomzodlar o‘rtasida Registon o‘quv markazi Yakkasaroy filialining maxsus imtihonlar binosida keng ko‘lamda bo‘lib o‘tadi. Imtihon vaqti va manzili bo‘yicha barcha ma’lumotlar nomzodlarga maxsus sms xabarnoma jo‘natiladi va Call-markaz operatorlari tomonidan batafsil ma’lumotlar beriladi.
  • Ikkinchi bosqichda ham 25 ta imtihon savoli bo‘ladi va maksimal ball 100 ballni tashkil etishi mumkin.
  • 2-bosqich yakunlangandan so‘ng 7 kun davomida ishtirokchilarning umumiy natijalari Registon o‘quv markazining xalqaro toifadagi ustozlaridan tarkib topgan maxsus komissiya tomonidan tekshiriladi va umumiy natijalar e’lon qilinadi.
  • Ushbu bosqichda eng yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlar munosib deb topilib, tanlovning mutlaq g‘oliblari deb e’lon qilinadi.

Eng yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar quyidagicha taqdirlanishadi:

1-10-sinflar orasida har bir sinf doirasida gʻoliblar taqdirlanadi:

  • 1-oʻrin: 3 oylik bepul taʼlim;
  • 2-oʻrin: 3 oy 70% chegirma;
  • 3-oʻrin: 3 oy 50% chegirma.

Tanlov g‘oliblarini rag‘batlantirish

Mudir Granti tanlovi g‘oliblari Registon o‘quv markazining maxsus tadbirlar bo‘lib o‘tadigan majlislar zalida tantanali ravishda taqdirlanishadi.

Shuningdek, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus esdalik QR-kodli sertifikatlar onlayn topshiriladi. Sertifikatlar Respublika Imtihonlar.uz platformasining “Shaxsiy kabinet” bo‘limi orqali barcha ishtirokchilarga yuboriladi.

Registon o‘quv markazi o‘zining bo‘lajak eng iqtidorli o‘quvchilariga omad tilaydi!

Tanlov bo‘yicha savollar va murojaatlar bo‘lsa @Menejer_Yakkasaray manziliga yozishingiz mumkin.