Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

1-oktyabr bayramida o‘qituvchilar mukofot puli olishadimi?

27-sentabr 00:05
1-oktyabr bayramida o‘qituvchilar mukofot puli olishadimi?

Ma’lumki, avvalgi yillarda pedagog xodimlar umumta’lim muassasalarini rivojlantirishga qo‘shgan shaxsiy hissalari va faoliyatlarida erishgan yuqori ko‘rsatkichlari uchun yil davomida ikki lavozim maoshiga teng miqdorda mukofot puli bilan rag‘batlantirilishi mumkin edi. Bu rag‘batlantirish yildan yilga bir necha marotaba amalga oshirilgan.

Eski amaliyotga ko‘ra, o‘qituvchilar ko‘rsatgan natijalari asosida lavozim maoshining 100 foiziga teng pul mukofoti bilan taqdirlanardi. Biroq, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 2 avgustdagi 425-sonli qaroriga binoan, bu tartibga o‘zgartirish kiritildi.

Endilikda, umumta’lim muassasalari pedagoglari, jumladan rahbar xodimlari, faqatgina “1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan ish haqining eng kam miqdorining 50 foiziga teng (hozirgi kunda 460 ming so‘m) miqdorida mukofot olishi mumkin.

Shuni ta’kidlash kerakki, barcha o‘qituvchilarni bayram munosabati bilan mukofotlash jarayoni maktab direktori va xalq ta’limi bo‘limlarining iqtisodchilari va hisobchilari tomonidan hal qilinadi.

Bu jarayon esa byudjet imkoniyatlari va iqtisodiy holatga bog‘liq. Shuning uchun, yuqori tashkilotlardan o‘qituvchilarni bayram munosabati bilan mukofotlash haqida alohida ko‘rsatma bo‘lmasa, bu masala amaliy jihatdan qiyinlashishi mumkin