Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

15-sentabrga qadar ariza yozmasangiz, kontrakt to‘lovlari davlat tomonidan qoplab berilmaydi!

31-avgust 16:39
15-sentabrga qadar ariza yozmasangiz, kontrakt to‘lovlari davlat tomonidan qoplab berilmaydi!

Hurmatli xotin-qizlar! 15-sentabrga qadar rektor yoki direktor nomiga ariza yozmasangiz kontrakt pullaringizni davlat qoplab bermaydi!

Hukumat qarori (447-son, 15.08.2022 y.) asosida davlat OTMlarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Buning uchun talabgor to‘lov-kontraktning to‘liq summasini qoplab berish yuzasidan o‘zlari taʼlim oladigan OTM rektori (filial direktori) nomiga 15-sentabrgacha ariza bilan murojaat etadi

Tatbiq etilmaydi:

  • 15-sentabrdan kechiktirib topshirilgan arizalarga;
  • tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt to‘lovlariga;
  • qo‘shma taʼlim uchun.

Arizalar 3 ish kunida ko‘rib chiqilib, ro‘yxat shakllantiriladi.

To‘lov-kontrakt summasini qoplab berish to‘g‘risida joriy o‘quv yilining 15-oktabriga qadar tegishli OTM rektori (filial direktori) buyrug‘i qabul qilinadi