Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilari o‘z vaqtida pasport (ID-karta) olishlari kerak

07-mart 15:22
16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilari o‘z vaqtida pasport (ID-karta) olishlari kerak

Xabaringiz borki, abituriyentlarning oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tegishli hujjatlarni onlayn tarzda topshirish uchun bitiruvchilarning pasport (ID-karta) ma’lumotlarini ABITUR elektron dasturiga kiritish talab etiladi. Shuning uchun 16 yoshga to‘lgan har bir bitiruvchi o‘z vaqtida pasport (ID-karta) olishlari kerakligini eslatib o‘tamiz.

Bugungi kungacha maktablarni tamomlayotgan 400 mingdan ortiq o‘quvchilarning 16 yoshga to‘lgan 55 ming nafarida pasport (ID-karta) olmaganligi sababli ularning ma’lumotlari hozircha elektron bazaga kiritilmagan.

Hurmatli ota-onalar, aziz bitiruvchilar!

Farzandingizning konstitutsiyaviy huquqidan foydalangan holda, 16 yoshga to‘lgan farzandlaringizni o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishini ta’minlashingizni, maktab ma’muriyatidan esa bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini elektron bazaga kiritib, ularni kelgusida oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishida zarur ko‘mak berishingizni so‘raymiz.