Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

2024-2025-yilgi qabul jarayonida magistratura mutaxassisliklari uchun imtihonlar o‘tkazilmaydi

05-iyul 06:05
2024-2025-yilgi qabul jarayonida magistratura mutaxassisliklari uchun imtihonlar o‘tkazilmaydi

Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi brifingida ma’lum qilindi.

Talabgorlar diplom balli va chet tili sertifikatlari asosida qat’iy saralanadi. Avval diplom ball, keyin chet tili sertifikati ustunligi ko‘rib chiqiladi.

2024-2025-yilgi qabul jarayonida magistratura mutaxassisliklari uchun talabgorlar o‘qish javoblari 20-avgustga qadar e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy magistr.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.

Avvalroq 1-iyuldan magistraturaga qabul boshlangani haqida xabar bergandik