Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

“5” baho olgan o‘quvchilarga pul to‘lanishi mumkin

06-dekabr 10:57
“5” baho olgan o‘quvchilarga pul to‘lanishi mumkin

Rossiya Davlat Dumasida a’lo baho olgan o‘quvchilarga pul to‘lash taklif qilindi. Bu haqda "Lenta.ru" xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu tashabbus "Yangi odamlar" partiyasi deputati Anna Skroznikova tomonidan berilgan. U "besh" baho olgan o‘quvchilarga to‘lov to‘lash to‘g‘risidagi murojaatini Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustinga yuborgan. Deputat o‘quv samardorligini oshirish uchun a’lo bahoga o‘qigan o‘quvchilarni moddiy rag‘batlantirish kerakligini aytgan. Skroznikovaga ko‘ra, yuqori o‘quv faoliyatiga ega o‘rta maktab o‘quvchilariga "Pushkin kartasi"ga mablag‘ o‘tkazish orqali mukofotlash tajribasini o‘tkazish zarur.