Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Apellatsiya shikoyati: bu yilgi imkoniyatlar haqida

15-avgust 11:37
Apellatsiya shikoyati: bu yilgi imkoniyatlar haqida

Bu yil ham abituriyentlar kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan holda apellatsiya shikoyatini berish imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkin. Hozircha BMBA bu borada rasmiy xabar bermagan, ammo har yili odatiy tartibda kirish imtihonlaridan keyin abituriyentlarga apellatsiya huquqi taqdim etiladi.

Apellatsiya shikoyati berish uchun abituriyentlar quyidagi shartlarga rioya qilishlari lozim:

  • Test sinovida ishtirok etgan bo‘lishi kerak.
  • Test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi zarur.

Hozirda, test natijalaridan norozi abituriyentlar apellatsiya arizalarini topshirish uchun qabul jarayonining boshlanishini kutishlari lozim. BMBA tomonidan rasmiy e’lonlar chiqishi bilan arizalar qabul jarayoni boshlanadi.