Ayrim yoshlarga til o‘rganganligi uchun imtihon xarajatidan tashqari yana 1 mln so‘m beriladi!
03-iyul 05:55
Qarorga ko‘ra: manba
Qaror mazmuni:
- Imtihon topshirish xarajati qoplanadigan xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha ingliz, nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillaridan kamida C1 yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi sertifikat olgan yoshlarni imtihon topshirish xarajatlarini kompensatsiya qilishga qo‘shimcha ravishda, o‘qish xarajatlarini qoplash uchun BHMning 3 baravari (1 mln 20 ming so‘m) miqdorida bir martalik moddiy rag‘batlantirish tizimi joriy etiladi.
Qo‘shimcha yengilliklar:
- 2024-yil 1-sentyabrdan 2027-yil 1-yanvargacha yoshlarning nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari bo‘yicha xalqaro imtihon tizimlarida imtihon topshirish xarajatlari qoplab berilishi uchun ular tomonidan to‘planishi lozim bo‘lgan ballning (sertifikat darajasining) minimal ko‘rsatkichi bir pog‘ona pasaytiriladi.
Bu qaror yoshlarga xorijiy tillarni o‘rganishda qo‘shimcha rag‘batlantirish tizimini joriy etadi va ularning til bo‘yicha bilimlarini oshirishga katta yordam beradi.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Chet tili imtihoni sanalari ma’lum bo‘ldi
16-oktabr 02:12
Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi
13-oktabr 01:17