Bakalavrni rus tili yo‘nalishida tugatganlar ingliz tili magistraturasiga topshira oladimi?
Respublika davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul bo‘yicha turdosh oliy ta’lim yo‘nalishlarining ro‘yxatiga ko‘ra, Lingvistika: ingliz tili (yo‘nalish kodi 70230101) magistratura mutaxassisligi uchun quyidagi yo‘nalishlar mos va turdosh sanaladi:
- 5111400-Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
- 5120100-Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili
- 5120200-Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili
- 5112200-Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til: ingliz tili
- 5141400-Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
- 5121200-Madaniyatlararo kommunikatsiyalarning lingvistik ta’minoti (ingliz tili)
- 5220100-Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili
- 5220100-Filologiya: ingliz tili
- 5220600-Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili
- 5120900-O‘zbek-ingliz tarjima nazariyasi va amaliyoti
- 5611500-Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: ingliz tili
Shu sababli, bakalavrni rus tili yo‘nalishida tugatgan talaba magistraturaning ingliz tili yo‘nalishiga topshira olmaydi, chunki ushbu yo‘nalishlar turdosh hisoblanmaydi.