Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Bolalarda kitob o‘qishga mehr uyg‘otishning 3 ta oson usuli

12-mart 10:18
Bolalarda kitob o‘qishga mehr uyg‘otishning 3 ta oson usuli

Kitobni ovoz chiqarib, ohang bilan o‘qing.

Mutolaa jarayonida bir xil talaffuzda emas, balki ijodiy qobiliyatlarni ishga soling. Masalan, boladan qaysi personajni yoqtirganini, qahramon o‘rnida qanday harakat qilgan bo‘lishi mumkinligini va sababini so‘rashingiz mumkin.

Bolaning qiziqishlarini hisobga oling.

Bola hayvonot dunyosi, ranglar yoki texnologiya olamiga qiziqishi mumkin. Farzandingizning qiziqishiga asoslanib shu mazmundagi kitoblarni tanlashingiz tavsiya etiladi.

Mutolaaga ko‘proq interaktiv kontent qo‘shing.

Farzandingizning sevimli asarlari asosida o‘yinlar o‘ylab toping. Masalan, bolaga "ayiqvoy raqs tushishi bilan sehrli qanotlari paydo bo‘larkan. Biz ham buni sinab ko‘ramizmi? "- deya savollar bering. Jarayondan ham ruhiy, ham jismoniy zavq olasiz.