Ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlar ham bu yil ruxsatnoma oladi
05-iyul 04:04

Joriy yil kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradigan abituriyentlar uchun alohida ruxsatnomalar berish joriy qilindi.
Ruxsatnomada abituriyent haqidagi ma’lumotlardan tashqari imtihon haqidagi ma’lumotlar ham mavjud bo‘ladi. Ya’ni, unda kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan:
- yo‘nalish;
- oliy ta’lim muassasasi nomi;
- manzil;
- sanasi va vaqti aniq ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Hozirda ruxsatnomalar my.uzbmb.uz saytida shakllantirilmoqda. Jarayon yakunlangandan so‘ng, abituriyentlar shaxsiy kabinetidan yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.
Vazirlik imtihonlar o‘tkaziladigan sana bo‘yicha tez orada qo‘shimcha xabar berilishini ma’lum qildi.
Avvalroq 2024-yilgi oliygohga kirish imtihon jarayonlari qanday bo‘lib o‘tishi haqidagi infografika taqdim qilingandi.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Universitet yoki Institut? Farq nimada?
19-mart 19:47
Abu Rayhon Beruniy universitetiga hujjat topshirganlar uchun vazirlik ogohlantirishi
26-sentabr 16:42
Milliy sertifikat orqali qanday imkoniyatlarga ega bo‘lish mumkin?
22-sentabr 15:03