Imtihonga bir kun qolganda qanday psixologik tayyorgarlik ko‘rish kerak?
Imtihon oldidan psixologik tayyorgarlik juda muhimdir. Quyidagi tavsiyalar sizga tayyorgarlik ko‘rishda yordam beradi:
1. To‘yib uxlash
Birinci o‘rinda, to‘yib uxlab olish kerak. Agar inson to‘yib uxlamasa, bosh miyaning charchashi hisobiga informatsiya ko‘payib ketadi va kerak-keraksiz axborot miyada aylanaveradi. Imtihon vaqti kerakli informatsiyaning saralanib chiqishi uchun uyqu zarur hisoblanadi.
2. Tabiatda sayr qilish
Bir soat tabiatda sayr qilish diqqatni jamlashga yordam beradi. Imtihondan oldin imkon qadar kamroq insonlar bilan muloqatda bo‘lib, o‘zi bilan o‘zi bo‘lish kerak. Hayajon bo‘lsa, chuqur nafas olib, chiqarish kerak. Buni 10-15 marotaba takrorlang. Nafas mashqlari hayajonni yengishda yordam beradi va bu mashq imtihon kuni ham yordam beradi.
3. Ota-onalarga eslatma
Farzandingizga ishoning. Bolangizga har qanday vaziyatda u bilan birga ekaningizni ayting. O‘qishga kira olmagan taqdirda ham, boshqa variantlar borligini va o‘qish hayotda doim ham oliy maqsad emasligini eslatib qo‘ying. Bola ota-onasining qo‘llab-quvvatlashini his qilishi unga kuch beradi.