Imtihonga yaxshi tayyorlanish uchun 5 ta samarali usul
Imtihonga tayyorgarlik ko‘rish ko‘pchilik uchun stressli jarayon bo‘lishi mumkin. Ko‘proq narsa o‘qib o‘zlashtirishga shoshayotgan bo‘lsangiz, bu tavsiyalar sizga yordam beradi.
-
Vaqtni to‘g‘ri taqsimlash
O‘qish uchun yetarli vaqt ajratish lozim. Qancha dars tayyorlash, qancha dam olish samarali bo‘lyapti? O‘zingiz uchun belgilab oling. Bu orqali siz o‘qish jarayonini yaxshiroq rejalashtirasiz va samarali foydalanasiz.
-
Qulay sharoit yaratish
Dars qilish uchun qulay sharoit qiling. Siz dars qiladigan xona qorong‘u emasmi? O‘tiradigan stulingiz sizga qulaymi? Hamma narsa siz uchun qulay bo‘lishi kerak. Bu diqqatni jamlashga va uzoq vaqt davomida samarali o‘qishga yordam beradi.
-
Vizual usullarni qo‘llash
Diagramma va turli vizual shaklli usullar yordamida bilimingizni mustahkamlashga harakat qiling. Vizual materiallar yordamida ma’lumotlarni yaxshiroq eslab qolishingiz mumkin.
-
Sinov imtihonlarida qatnashish
Sinov imtihonlarida qatnashib ko‘ring. Sababi undagi savollar formati asosiy imtihondagiga o‘xshash bo‘lsa, qiyinchiliklaringizni kamaytiradi. Sinov imtihonlari sizga haqiqiy imtihon muhiti va savollariga tayyorlanish imkoniyatini beradi.
-
O‘rganilgan materialni boshqalarga tushuntirish
Javobingizni boshqalarga tushuntirib bering. Masalan, nimaga testga bu javob tanlanganini og‘zaki aytib berish uni keyinchalik esdan chiqarmaslikka yordam beradi. Bu usul orqali ma’lumotlarni chuqurroq tushunasiz va o‘zingizni qanchalik yaxshi tayyorlaganingizni tekshirishingiz mumkin.