IT o‘qish uchun imtiyoz!
Rasman endilikda davlat yoshlarning IT o‘qish xarajatlarini qoplaydi.
Vazirlar mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra 1-martdan boshlab yoshlarning xalqaro IT sertifikatlarni olish uchun sarf qilgan xarajatlarning 60% gacha bo‘lgan qismini to‘lab beriladi.
Ingliz tili bo‘yich B2 hamda undan yuqori darajaga ega bo‘lgan yoshlarning IT sertifikatlarni olish va o‘qish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi. Xalqaro sertifikatlar har yili alohida tasdiqlanadi.
Xalqaro sertifikatlarning xarajatlarini qoplab berilishi uchun, yoshlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron tarzda ariza yuborishlari kerak bo‘ladi.