Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Kollej va texnikumlarni tugatganlar OTM da 2-3-kurslardan o‘qishlari mumkin!

05-fevral 16:08
Kollej va texnikumlarni tugatganlar OTM da 2-3-kurslardan o‘qishlari mumkin!

Prezident boshchiligidagi yig‘ilishda xabar berilishicha, yangi o‘quv yili (2024/2025) dan boshlab texnikumlarda ta’lim "Akademik" va "Ishchi kasb" komponentlarining uzviyligida, yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yiladi.

Unga ko‘ra:

kollej-texnikumlarda 1-2-kurs ta’lim dasturlari, darsliklari, bilimni baholash mezonlari va muallimlarga talablar OTM bilan bir xil bo‘ladi;

texnikumlarda ham "kredit tizimi" yo‘lga qo‘yilib, fanni o‘zlashtirish bo‘yicha to‘plangan "kreditlar" oliygohlarda tan olinadigan tizim bo‘ladi.

Ya’ni, kollej va texnikumlarda ikki yil davomida yetarli "kredit" to‘plagan o‘quvchilar "2+2" yoki "2+3" dasturlari asosida oliygohlarning ikkinchi yoki uchinchi kurslarida ta’limni davom ettirishlari mumkin bo‘ladi.

Kollej-texnikumda o‘qib, faoliyatini ishlab chiqarishda davom ettirmoqchi bo‘lganlarni sohadagi mavqeini oshirish bo‘yicha ham yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi. Endilikda, kollej va texnikumda "ishchi kasb" yo‘nalishida o‘qiganlar ikki yoki uch yil ishlab, tajriba orttirgach, imtihon topshirib, "bakalavr" ga teng malaka darajasini olishi mumkin bo‘ladi.